8-mart bayrami arafasida talaba qizlar uchun tadbir tashkil etildi.

3-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 8-mart bayrami arafasida talaba qizlar uchun tadbir bo‘lib o‘tdi. Qizlar turli ko‘rik-tanlovlarda qatnashib, ijodkorlik, musiqa va qo‘shiqchilik bo‘yicha o‘z iste’dodlarini namoyon etib, esdalik sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.