Toshkent shahridagi Inha universitetida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Axillik”, “Elobod”, “Buyuk Ipak yo‘li”, “Feruza”, “Olimlar”, “Navnihol”, “Al-Farobiy” va “Azamat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida matematika, fizika va ingliz tili bo‘yicha bepul kurslar tashkil etilmoqda. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi uchun futbol, basketbol, shaxmat bo‘yicha bepul to‘garaklar, musobaqalar tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu kurslarda qatnashishni xohlovchilar ko’rsatilgan telefon raqamlari orqali ro’yxatdan o’tishlari mumkin.