«Aʼlo taʼtil» loyihasi doirasida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 27 mart kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi ʼ»Yoshlar oromgohi»da «Aʼlo taʼtil» loyihasi doirasida mamlakatimizning yetakchi universitetlari rahbarlari O’zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar Agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda aʼlochi o’quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti birinchi prorektori T.Tursunmuratov o‘quvchi-yoshlarga IT texnologiyalar va ularning muhim roli, universitet faoliyati, talaba yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, qabul jarayoni haqida atroflicha maʼlumot berdi.