AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Koreyaning INHA universitetiga tashrif buyurdi

2022-yil 1-noyabr kuni Janubiy Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘lgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Inha universiteti prezidenti Cho Myon Vu bilan uchrashdi . Shuningdek, tashrif doirasida O.Pekos Toshkent shahridagi Inha universitetining 3+1 bakalavriat va 1+1 magistratura yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.