AOKAda Inxa universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

27-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori janob Lee Dong Won boshchiligidagi delegatsiya va Agentlik xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv TShIU vakillarining tashabbusi bilan tashkillashtirilgan bo‘lib, ko‘zlangan maqsad Agentlik xodimlariga Raqamli transformasiyada Biznes boshqaruvi (MBA in digital transformation) magistrlik dasturi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etishdan iborat.
Tadbir davomida Toshkent shahridagi Inha universitining Moliya-iqtisodiy masalalar bo‘yicha bosh menejer Rustam Kazakov magistratura dasturi bo‘yicha Agentlik xodimlarining savollariga javob berib, tahsil olish tartiblari, afzalliklari haqida tushuntirdi.
Tadbir yakunida TShIU zamonaviy texnologiya va imkoniyatlaridan keng foydalangan holda OAV va noshirlik sohasi xodimlarining axborot kommunikatsiya sohasida bilim va tajribalarini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishildi.