Aviation Training Organization tashkiloti, Aerokosmik akademiyasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

16-fevral kuni MITC Raqamli ta’lim bo‘limi boshlig‘i Sarvar Butanov va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov “Aerospace Academy-Industry Collaboration Institute” prezidenti Ph.D. Chang Kyung Ryoo bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar va mehmonlar uchun institutga tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, Aerokosmik akademiyasi sohaviy hamkorlik instituti hisoblanadi. Shuningdek, institutda korporativ xodimlar uchun “Smart Drones», «Remote Sensing», va «GIS» kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar mavjud.