Aziz birinchi kurs talabalari!

3–4-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi kurs talabalari uchun Orientation Day 2026 bo‘lib o‘tadi. Bu professorlar va guruhdoshlaringiz bilan tanishish, kampusni o‘rganish, talabalik hayoti bilan yaqindan tanishish va Inhadagi yangi yo‘lingizni boshlash uchun ajoyib imkoniyat!

Sizni nimalar kutmoqda?

⭐️Rektor, professorlar va universitet vakillari bilan tanishish
⭐️Universitet bo‘limlari haqida ma’lumot
⭐️Bitiruvchilar va talabalar ishtirokidagi ilhomlantiruvchi nutqlar
⭐️Universitetdan sovg‘a (welcome pack)
⭐️Musiqa va raqs chiqishlari
⭐️Interaktiv viktorina va lotereya
⭐️Student Union va Yoshlar Ittifoqi bilan tanishuv
⭐️Kampus bo‘ylab sayohat va qiziqarli o’yinlar

Sanalar:
3-sentyabr — 🇰🇷 Koreya dasturi
4-sentyabr — 🇬🇧 Britaniya dasturi va 🇮🇹 Italiya dasturi
Manzil: Toshkent shahridagi Inha universiteti, B bino
Vaqt: 13:00

Barchangizni kutib olish va Inhadagi yangi yo‘lingizning boshlanishini birgalikda nishonlashdan mamnun bo‘lamiz!