“BCG bilan konsaltingni kashf eting”

23-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “BCG bilan konsaltingni kashf eting” mavzusiga bag’ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir BCG jamoasi tomonidan olib borildi va konsalting sohasiga oid taqdimot namoyish etildi. Shuningdek, ma’ruzachilar konsalting sohasida muvaffaqiyatli martaba uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va tajribalar haqida fikr almashdilar.
Tadbir yakunida talabalar BCG va konsalting sohasi haqida savollar berish imkoniga ega bo‘ldilar.