BCG vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

17-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov BCG xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi.
Uchrashuvda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining amaliyot o‘tashi va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
BCG menejment va biznes strategiya bo’yicha ixtisoslashgan xalqaro kompaniya hisoblanadi va 1963-yilda asos solingan. 2022 yil holatiga ko’ra, BCG 50 mamlakatda 90 dan ortiq ofislaridan iborat global tarmoqqa ega.