Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti

(UNIDO) vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi
23-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida TshIU rektori Muzaffar Djalalov va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti (UNIDO) rahbari Maengho SHIN o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, istiqboldagi rejalarni muhokama qildilar.
UNIDO BMTning sanoatni rivojlantirish va xalqaro sanoat kooperatsiyasiga ko‘maklashish vakolatiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan muassasasi hisoblanadi.