Xertfordshir universiteti, Swansea universiteti, Nortumbriya universiteti, Ulster universiteti, G‘arbiy London universiteti va Oksford universitetlari vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Uchrashuvlar davomida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini, xususan, ta’lim dasturlarini davom ettirish bo‘yicha kelishuvlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda qisqa muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etish masalalarini muhokama qilishdi.
Bu kabi uchrashuvlar universitet talabalari va akademik xodimlari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratadi hamda akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
