Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi nishonlanmoqda!

Zahiriddin Muhammad Bobur jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda sifatida butun dunyoga tanilgan buyuk shaxslardan biridir. Uning bebaho ilmiy-ijodiy merosi nafaqat xalqimiz milliy madaniyati va adabiy-estetik tafakkurini shakllantirishda, balki jahon adabiyoti, fan va davlatchilik tarixida ham alohida o‘rin tutadi.