Buyuk Ipak Yoʻli mahallasida shaxmat va shashka to‘garagi tashkil etildi.

2022-yilning 4-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti va Yoshlar agentligi Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi bilan hamkorlikda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Buyuk Ipak Yoʻli mahallasida shaxmat va shashka to’garagi tashkil etildi.
Shuningdek, mahalla yoshlari uchun shaxmat va shashka musobaqasi oʻtkazildi. G’olib bo’lgan o’quvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-92 qarori ijrosini taʼminlash va yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu to’garakda 50 ga yaqin yoshlar shug’ullanishlari imkoniyati yaratildi.