Черновик

15-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetining tayyorlov kurslariga birinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Uzluksiz ta’lim markazi tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash va keyinchalik guruhlarga taqsimlash maqsadida kirish test sinovlari tashkil etildi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz taʼlim markazi oʻrta maktab oʻquvchilari (10 va 11-sinflar) uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrish kurslaridan iborat. Tayyorlov kurslarida asosiy fanlar — matematika, fizika va ingliz tilidir.