Childhood Cancer Awareness Month

Saraton kasalligiga chalingan bolalarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan “Bolalar saratoni haqida xabardorlik oyi» xayriya oyligi yakunida Toshkent shahridagi Inha universitetining ko‘ngilli talabalari Respublika onkologiya markaziga tashrif buyurib, bolalarga yangi yil bayrami sahna ko’rinishlari namoyish etishdi. Shuningdek, har bir bolaga sovg’a topshirildi 🎁
Bir qator tadbirlarda ishtirok etgan va yordam bergan tashkilotchilar, ko’ngillilar va talabalarga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz✨