CIO CLUB UZBEKISTAN

30-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «CIO CLUB UZBEKISTAN» tadbiri muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi. «CIO CLUB UZBEKISTAN» – bu tajriba almashish va mahalliy IT-sohani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun IT-direktorlarini birlashtirgan tadbir.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar IT sohasidagi dolzarb muammolar va tendentsiyalarni muhokama qilib, IT bo’limlari ishini optimallashtirish uchun yangi yechimlarni topish, shuningdek, hamkasblar bilan biznes aloqalarini o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
TShIU rektori Muzaffar Djalalov universitet tomonidan ishlab chiqilgan noyob “Strategic Information Technology Leadership Program”ni taqdim etdi. Dastur Oʻzbekiston CIO xodimlariga IT sohasida oʻzlarining yetakchilik fazilatlari va malakalarini oshirishga yordam berish uchun moʻljallangan.
CIO CLUB UZBEKISTAN — to’plangan tajriba va shakllangan g’oyalarni almashish, mahalliy IT sohasidagi mavjud qiyinchiliklarni aniqlash va ularni hal qilish imkonini ko’rsatib beruvchi umumiy strategiyani yaratish va ishlab chiqish uchun mo’ljallangan.