Cometa IT Bootcamp

Bugun, 19-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Cometa IT Bootcamp» tadbiri boʻlib oʻtdi va unda talabalar sertifikatlangan soha mutaxassislaridan ilgʻor koʻnikmalarga ega boʻldilar! 🚀
O’quv kurslari bo’yicha mentorlar dasturlash, DevOps muhandisligi, analitika va ma’muriyat sohasida sertifikatlangan yuqori malakali mutaxassislardir.
Tadbir davomida talabalar quyidagilar bilan tanishadilar:
✨ Eng so’nggi amaliyot dasturlari
✨  3-4 oy ichida malaka oshirish imkoniyatlari
✨ Dasturlash, DevOps, analitika va boshqa sohalardagi amaliy loyihalar bilan tanishdilar.
Tadbir davomida ma’ruzachilar talabalarga Cometa IT Bootcamp-da grant bilan amaliyot o’tash imkoniyatlarini taklif qildilar!