CompTIA Security+ o‘quv kursi boshlandi!

25-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti Kiberxavfsizlik markazida CompTIA Security+ o‘quv kursiga rasman start berildi. Ushbu sertifikat kiberxavfsizlik sohasida faoliyatini boshlayotganlar uchun dunyodagi eng nufuzli xalqaro sertifikatlardan biri hisoblanadi.

Kurs davomida ishtirokchilar kiberxavfsizlik bo‘yicha muhim nazariy bilimlarga ega bo‘lib, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradilar hamda CompTIA Security+ xalqaro sertifikatlash imtihoniga tayyorgarlik ko‘radilar.