Cyberkent 4.0 final bosqichi rasman boshlandi!

O‘zbekistondagi yirik kiberxavfsizlik musobaqalaridan biri — Cyberkent 4.0ning final bosqichi start oldi. Musobaqa kiberxavfsizlik jamoalarini real infratuzilmaga maksimal darajada yaqinlashtirilgan muhitda o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish uchun birlashtiradi.

Musobaqa Red Team vs. Blue Team formatida o‘tkaziladi: Red Team jamoalari zaifliklarni aniqlash va hujumlarni amalga oshirishga e’tibor qaratsa, Blue Team jamoalari tahdidlarni aniqlash, infratuzilmani himoya qilish, kiberhodisalarga javob berish va tizimlarni tiklash bilan shug‘ullanadi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ham finalchilar qatorida bo‘lib, o‘zlarining kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlari, jamoaviy ishlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini real vaziyatlarga yaqin sharoitlarda sinovdan o‘tkazmoqdalar.