Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan davlat grantlari uçun ötkaziladigan test sinovlariga ruxsatnomalar e’lon qilindi.
Test sinovlari 2026-yil 28-oktabr, çorşanba kuni bölib ötadi. Talabgorlar test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnomani Bilimni baholaş agentligining rasmiy my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali yuklab olişlari mumkin.
Talabgorlar uçun muhim eslatmalar:
Ruxsatnomani yuklab olib, qoğozga çiqarib oling. Test sinovi kuni çop etilgan ruxsatnomani özingiz bilan olib keling.
Imtihon ma’lumotlarini diqqat bilan tekşiring. Ruxsatnomada test sinovi ötkaziladigan sana, vaqt va manzil körsatilgan.
Şaxsingizni tasdiqlovçi hujjatni olib keling. Test sinovi ötkaziladigan binoga pasport yoki ID-karta orqali kirasiz.
Belgilangan vaqtdan keçikmang. Test sinovi ötkaziladigan joyga ruxsatnomada körsatilgan vaqtdan keçikmasdan yetib boring.
Imtihon kuni muammolarga duç kelmaslik uçun barça zarur hujjatlarni oldindan tayyorlang va ruxsatnomadagi ma’lumotlar bilan diqqat bilan tanişib çiqing.
Barça talabgorlarga omad tilaymiz!
