EAS Company va INHA universiteti “ILMIY-AMALIY FORUM – 2026” tadbirini o‘tkazadi

10-oktyabr kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida texnologiya, muhandislik va IT sohalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy forum bo‘lib o‘tadi. Dasturdan mahalliy va xorijiy spikerlar ishtirokidagi sessiyalar, talabalar loyihalari tanlovi hamda kompyuterda o‘tkaziladigan test sinovlari o‘rin olgan. Forumda Toshkent shahridagi Inha universiteti nomidan Hasan Xonkeldiyev va Uddin Ahmed ma’ruzalar bilan ishtirok etadilar.
 
Ro‘yxatga olish 09:30 da, forumning ochilish marosimi esa 10:00 da boshlanadi.

Batafsil ma’lumot va ro’yxatdan o’tish
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi, 9-uy.