Toshkent shahridagi Inha universitetining EMBA talabalari hozirda ta’lim safari doirasida Italiyada!

Raqamli texnologiyalar sohasidagi rahbar kadrlardan tashkil topgan EMBA dasturi talabalari ilk bor hamkorimiz — POLIMI Graduate School of Management bilan shu miqyosdagi xalqaro ta’lim dasturida ishtirok etishmoqda. POLIMI QS World University Rankings reytingiga ko‘ra dunyoda 98-o‘rinni egallagan.

Dastur doirasida ular POLIMI Graduate School of Management professori Luka Gastaldi tomonidan o‘tkazilgan “Italiya va Yevropa raqamli transformatsiya strategiyalari” mavzusidagi ma’ruzada ishtirok etishdi. Ushbu dars raqamli transformatsiya strategiyalari va global boshqaruv amaliyotlari bo‘yicha muhim bilimlarni taqdim etdi.

Xalqaro ta’lim almashinuvi doirasidagi ushbu ta’lim safari keng dastur hamda turli ma’ruzalarni o‘z ichiga oladi. Ular ishtirokchilarga zamonaviy biznes transformatsiyasi va ilg‘or xalqaro tajribalarni chuqurroq tushunishga yordam beradi.