EPAM vakillari TShIU talabalari uchun ma’ruza o‘tkazdilar

2022-yil 2-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida EPAM vakillari tomonidan talabalar uchun ma’ruza o‘tkazildi.
Kompaniya xodimlari IT sohasida karyerani qanday boshlash va EPAM o‘quv markazida ta’lim olish imkoniyatlari haqida: Baxtiyor Ahmedov – o‘quv markazi koordinatori, Sarvarbek Djaloldinov – ishga yollash bo‘yicha mutaxassisi barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etdilar.
Ma’ruzachilar talabalarning savollariga javob berdilar va IT sohasida endigina o’z ish faoliyatini boshlayotgan va butun dunyo bo‘ylab EPAM jamoasining bir qismi bo‘lgan hamkasblarining muvaffaqiyat hikoyalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Hozirda EPAM 50 ta mamlakatda vakolatxonalariga ega global IT kompaniyasi hisoblanadi.