26-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan jadal rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi. Yiğilişda ta’lim infratuzilmasini rivojlantiriş, xalqaro tajribani jalb etiş va malakali kadrlar tayyorlaş ustuvor yönalişlar sifatida belgilandi.
Şu nuqtayi nazardan, Janubiy Koreyaning INHA universiteti kampusimi Farğonada taşkil etilişi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur taşabbus hududda ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş hamda axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va muhandislik yönalişlarida mutaxassislar tayyorlaşni rivojlantirişga qaratilgan.
INHA universiteti kampusining taşkil etilişi mamlakatimizning talab yuqori bölgan mutaxassislarni tayyorlaş va Özbekiston inson kapitalini mustahkamlaşga qaratilgan strategik vazifalarini amalga oşirişga xizmat qiladi.

