«Fast Typing» tanlovi

Bugun, 14-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomini g‘ayrioddiy va hayajonli tarzda – “Fast typing” tanlovini tashkil etish orqali nishonlandi. Ishtirokchilar ulug‘ shoir haqidagi matnni tez va aniq terish bo’yicha o‘z mahoratini namoyish etib, o‘zaro bellashdilar.
Har bir ishtirokchi o’zining munosib mukofotiga sazovor bo’ldi.
1-o‘rin – 1 000 000 so‘m – Mahkamov Abbos
2-o‘rin – 700 000 so‘m – Baxriddinov Jamoliddin
3-o‘rin – 500 000 so‘m – Boxodirov Baxtiyor
Ushbu tadbirda ishtirok etgan barchaga rahmat!