FinTech Hackathon 2026 — 50 million so‘mlik mukofot jamg‘armali xakaton Inhada bo’lib o’tadi!

Toshkent shahridagi Inha Universiteti United Ventures va O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlikda talabalar, yosh mutaxassislar, dasturchilar, dizaynerlar hamda moliyaviy texnologiyalarga qiziqadigan barchani ikki kunlik xakatonda ishtirok etishga taklif qiladi.

Mavzu: Moliya kelajagi uchun innovatsion yechimlar
Ishtirokchilar: Yakka tartibda yoki 2–5 kishilik jamoalarda
Format: 48 soat davomida yechim ishlab chiqish, taqdim etish va sovrinli o‘rinlar uchun bellashish

Mukofot jamg‘armasi — 50 000 000 so‘m:
1-o‘rin — 25 000 000 so‘m
2-o‘rin — 15 000 000 so‘m
3-o‘rin — 10 000 000 so‘m

Xakaton: 21-22-noyabr

Manzil: Toshkent shahridagi Inha Universiteti, Ziyolilar ko‘chasi, 9-uy
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: //hackathon.inha.uz/