Toshkent shahridagi Inha Universitetida Italiyaning CIRPS markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Foundation dasturiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning maxsus mehmoni — CIRPS direktori Vincenzo Naso dastur tuzilmasi, xalqaro miqyosda tan olinishi va Yevropada keyingi ta’lim olish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Foundation — talabalarga mustahkam akademik bilim bazasini shakllantirish va Italiya hamda Yevropaning boshqa davlatlarida keyingi ta’limga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beruvchi bir yillik dastur. Boloniya jarayoni tamoyillari asosida ishlab chiqilgan dastur 48 ta davlatda tan olinadi.
Tadbirda ishtirok etgan va faol qatnashgan ishtirokchilarga rahmat!
