Foundation dasturi talabalari Inhadagi akademik yo‘lini boshlashdi

21-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida Foundation talabalari uchun Instruction Day tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar Foundation dasturi, o‘quv jarayoni, guruhlar va dars jadvali, universitet qoidalari hamda o‘qishni boshlash uchun zarur bo‘lgan muhim ma’lumotlar bilan tanishishdi.

Barcha Foundation dasturi talabalariga Toshkent shahridagi Inha Universitetidagi yangi akademik yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz!