Jahon miqyosidagi tarixiy yutuq! Dunyoning turli mamlakatlaridan qatnashgan 5 600 dan ortiq jamoa orasida INHA Cybersecurity Club a’zolari xalqaro HTB Holmes CTF 2026 musobaqasida 1-o‘rinni egalladilar! 🛡
Universitetimiz va O‘zbekiston sharafini ChiLL Chain jamoasi tarkibida himoya qilgan talabalarimiz:
— Javohir Boltaboyev — jamoaning eng yaxshi ishtirokchisi (MVP)
— Muhammadyosin Abbosov
Javohirni jamoaning MVP ishtirokchisi deb e’tirof etilgani bilan alohida tabriklaymiz! U bosim eng yuqori bo‘lgan hal qiluvchi vaziyatlarda muhim yechimlarni topib, ajoyib natija ko‘rsatdi!
