«Hanjin Information Systems & Telecommunication Co kompaniyasi vakillari. Ltd” va TShIU rektori “RevoTech” kompaniyasiga tashrif buyurdi.

2023-yil 8-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va «Hanjin Information Systems & Telecommunication Co. Ltd” INHA fondi prezidenti (Koreya Respublikasi) Ph. D, Joo-Hyung Kim  boshchiligida «RevoTech» kompaniyasiga tashrif buyurdi.
“RevoTech” kompaniyasi direktori Nodir Ro‘zmatov mehmonlar uchun tanishuv ekskursiyasi o‘tkazdi, shuningdek, kompaniya faoliyati haqida so’zlab berdi. Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
RevoTech – 9 yillik tajribaga ega, biznes jarayonlari autsorsingi bilan shug’ullanuvchi, AQShning Nyu-York shtatida joylashgan kompaniya hisoblanadi.