HP mintaqaviy direktori Pelle Aardewerk TShIU talabalari uchun ma’ruza o’qidi

1-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida kiberxavfsizlik bo‘yicha ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Ma’ruza mavzusi:
«Click Happens: Safeguarding Against Deep Fake Malware and Ransomware Attacks»
Ma’ruzachi Pelle Aardewerk, Vertical Solutions rahbari, HP Wolf Security, EMEA
HP Wolf Pro Security 2024-yilda AV-Test instituti tomonidan nufuzli yuqori reytingga sazovor deb topilib, mavjud antivirus mahsulotlari orasida o‘z mavqeini mustahkamladi.
Talabalar kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘z tushunchalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.