Huquqiy targ‘ibot tadbiri

2023-yil 13-oktabr kuni M.Ulug‘bek tuman IIB bo‘limining taklif etilgan vakolatli xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga bag‘ishlanganhuquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalarga diniy ekstremizm, kiberjinoyatlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.