Hurmatli talabalar,

23-aprel kuni sizni “BCG bilan konsaltingni kashf eting” mavzusiga bag’ishlangan tadbirga taklif qilamiz.
BCG jamoasi mezbonlik qiladigan tadbir menejment bo‘yicha konsalting sohasida faoliyat olib borishni rejalashtirgan Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun tashkil etilmoqda. Tadbir davomida BCG vakillari turli loyihalar va karyera imkoniyatlari haqida ma’lumotlar beradilar. Shuningdek, tadbir so’ngida savol-javob qismi ham bo‘lib, unda ma’ruzachilarga  o’zingizni qiziqtirgan barcha savollarni berishingiz mumkin bo’ladi.
Sana: 2024-yil 23-aprel, 15:30.
Joy: B202, Toshkent shahridagi INHA universiteti
Roʻyxatdan oʻting va tadbirimizda ishtirok eting⬇️
//bcg.avature.net/su/c58c7d1ed80438c9