Hurmatli talabalar «Sturgeon Capital» 2023/2024 o’quv yili uchun stipendiya e’lon qiladi

 

Toshkent shahridagi Inha universiteti iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar ajratuvchi Sturgeon Capital (Buyuk Britaniya) bilan bir necha yildan buyon hamkorlik qilib keladi.

«Sturgeon Capital» stipendiyasi yillik o’qish to’lovini to’liq qoplab beradi.

▫️2023/2024 oʻquv yili uchun Sturgeon Capital ikkita stipendiya eʼlon qiladi:
1. Faqat talaba qizlar uchun
2. Kam ta’minlangan talabalar uchun (o’g’il bolalar ham, qizlar ham ishtirok etishlari mumkin).

Kimlar ishtirok etishi mumkin:
– qizlar
– yaxshi akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lgan talabalar
– faqat sophomore, junior, senior talabalari uchun

📌Qiziqish bildirgan talabalar qisqacha insho (maksimal 500 so’z) bilan birga CV ni taqdim etishlari kerak:
• Nima uchun ushbu dasturni tanladingiz?
• Mutaxassisligingiz bilan nimaga erishmoqchisiz

❗️Ariza topshirishning oxirgi muddati: 23 avgust.

Iltimos, CV va insholaringizni elektron pochta orqali mavzu qatoriga «Sturgeon Capital»deya quyidagi manzilga yuboring:
s.ayupova2@inha.uz