Hurmatli Vatan himoyachilari!

Sizlarni Universitetimiz nomidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaymiz! Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘la bo‘lsin. Yurtimizga xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, oilangizga esa fayz-baraka, baxt-saodat yor bo‘lishini tilaymiz. Hamisha xalqimiz ardog‘ida bo‘ling!