ICT WEEK UZBEKISTAN 2022

24-26-oktabr — O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiyalar haftaligi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida tashkil etilmoqda.
Bu har yili bo‘lib o‘tadigan IT sohasidagi eng yorqin hodisa. Dasturga sammit, forum, ko‘rgazma, konferensiya va boshqa tadbirlar kiritilgan.
ICT WEEK UZBEKISTAN 2022 haftaligida Toshkent shahridagi Inha universiteti ham ishtirok etadi.