“ICTWEEK Uzbekistan 2026” — 2-kun

«ICTWEEK Uzbekistan 2026”ning ikkinchi kuni ham boy va mazmunli dastur asosida davom etdi. Tadbir doirasida AKT sohasi vakillari, texnologik kompaniyalar, ta’lim muassasalari, ekspertlar va yosh mutaxassislar bir maydonda jam bo‘ldi.

Kun davomida texnologiyalar, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va AKT sohasining kelajagiga bag‘ishlangan muhokamalar, taqdimotlar, uchrashuvlar va interaktiv tadbirlar tashkil etildi.

Toshkent shahridagi Inha Universiteti uchun ICTWEEKdagi ishtirok ta’lim va sanoat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, talabalarni texnologik ekotizimga jalb etish va kelajakdagi AKT mutaxassislarini tayyorlashga hissa qo‘shish imkoniyatidir.