2026-yil 22-sentabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yilning asosiy tadbirlaridan biri — “ICTWEEK Uzbekistan 2026” boshlandi.
Toshkent shahridagi Inha Universiteti “ICTWEEK Uzbekistan 2026” tadbirining ta’lim hamkori sifatida ishtirok etmoqda hamda AKT sohasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib, O‘zbekistonning raqamli kelajagi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlamoqda.
Hamkorlik doirasida tadbirda Toshkent shahridagi Inha Universiteti xodimlari, talabalar-ko‘ngillilari va rahbariyati faol ishtirok etmoqda.
“ICTWEEK Uzbekistan 2026” 22–25-sentabr kunlari CAEx (Central Asian Exhibition) ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tmoqda.
