Ikki Rossiya akademiyasining vakillari TShIU tashrif buyurishdi

2022-yilning 24-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligining Rossiya tashqi savdo akademiyasi delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.
Universitet ma’muriyati mehmonlar uchun universitet bo’ylab ekskursiya uyushtirishdi, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ham tanishtirib o’tishdi.
Tomonlar kelgusidagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.