Inha jamg‘armasi (Koreya Respublikasi) prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

16-fevral kuni MITC Raqamli ta’lim bo‘limi boshlig‘i Sarvar Butanov va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov Inha jamg‘armasi (Koreya Respublikasi) prezidenti Ph.D, Joo-Hyung Kim bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildilar:
– O‘zbekiston talabalarining startap loyihalariga, shu jumladan TShIU inkubatori loyihalariga investitsiyalarni jalb qilish;
– INHA talabalari va TShIU talabalari bilan birgalikda startap loyihalarini ishlab chiqish;
– eng yaxshi loyihalarni onlayn tanlash va INHA universiteti homiyligini ta’minlash.

Uchrashuvda, “DeepCardio” texnik direktori, “i STARTUPLAB” bosh direktori Ph.D. Sang-Chul Lee ham ishtirok etdi va Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining loyihalariga katta qiziqish bildirdi. Joriy yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun «Startap Studio» ochish rejalashtirildi. rejalashtirilgan.