Toshkent shahridagi Inha Universitetida O‘zbekistonning eng yirik universitetlararo marketing musobaqasi — «Grand Final Marketing League 2026» bo‘lib o‘tdi.
Liga doirasida ishtirokchilar kompaniyalarning real biznes-keyslari ustida ishlashdi, marketing yechimlarini ishlab chiqishdi va o‘z g‘oyalarini soha mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’atiga taqdim etishdi.
Talabalarimiz — Yekaterina Yan, Kristina Sotnikova, Emil Ismagilov, Abduazim Nugmanov va Farangis Djumanbayevalar — «Phoenix» jamoasi tarkibida musobaqa g‘olibiga aylanishib, 1-o‘rinni egallashdi!
Jamoani ushbu munosib g‘alaba bilan tabriklaymiz hamda talabalarimiz namoyon etgan yuqori tayyorgarlik darajasi va kreativ yondashuvlari bilan faxrlanamiz.
