Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari, Madaminov Behruzbek va Zikrillayeva Fotima, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi sohiblari bo‘lishdi.
Bu yil Markaziy bankning maxsus stipendiyasi tanlovida 1 562 nafar talaba ishtirok etdi va natijalarga ko‘ra 77 nafar talaba stipendiya sohibi bo‘ldi.
Oktabr oyidan boshlab talabalar 9 oy davomida bankning markaziy apparatida amaliyot o‘tashadi. Amaliyot davomida ular Markaziy bankning asosiy vazifalari, bo‘linmalar faoliyati va kundalik ish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, amaliy tajriba va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Ushbu kasbiy rivojlanish uchun qimmatli imkoniyat muvaffaqiyatli karyera sari muhim qadamdir. Talabalarimiz bilan faxrlanamiz hamda Behruzbek va Fotimaga amaliyot davomida muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz.
Iqtidorli va istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Markaziy bankga minnatdorlik bildiramiz.
