INHA universiteti (Janubiy Koreya) prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

15-fevral kuni MITCning Raqamli ta’lim bo‘limi boshlig‘i Sarvar Bo‘tanov va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalovning INHA universiteti (Janubiy Koreya) prezidenti Dr. Cho Myeong Woo bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Tomonlar 2023-2024 o‘quv yili uchun qabul rejalarini muhokama qildilar va strategik rejalarni ko‘rib chiqdilar. Kompyuter, dasturiy injiniring va biznes logistika fakultetlari uchun kvotalar sonini oshirish, shuningdek, yangi fakultetlarni ochish bo’yicha fikr almashishdi.