INHA universiteti qoshidagi Innovatsion muhandislik ta’limi ilmiy axborot markazi direktori bilan uchrashuv

Rektor boshchiligidagi Toshkent shahridagi Inha universiteti delegatsiyasi INHA universiteti qoshidagi innovatsion muhandislik ta’limi ilmiy-axborot markazi direktori va Kimyo muhandisligi fakulteti professori Yongsug Tak bilan uchrashdi.
Uchrashuvda janob Tak tadqiqot va axborot markazi bilan tanishtirdi va markazning INHA universitetidagi joylashuvi haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda markaz bilan hamkorlik qilish masalalari, shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universitetida shunday markaz tashkil etish hamda markazga professor-o‘qituvchilar, yosh ilmiy talabalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi. Universitet faoliyati va tomonlarning kelgusidagi hamkorligi kelishib olindi.