Inha xodimlari o’z malakalarini oshirdilar

Toshkent shahridagi Inha Universiteti xodimlari 2023-yil 7-10 noyabr kunlari «ISO 9001:2015 bo’yicha sifat boshqaruv tizimining Boshqaruvchi / Ichki Auditori» kursida malakalarini oshirdilar. 15 xodimdan iborat jamoa sifat boshqaruvi bo’yicha o’z malakalarini oshirishdi. Vladimir Viktorovich Beresnevning o’qitish malakasi tufayli o’quv jarayoni yuksak saviyada o’tkazildi. Darslar amaliy misollar bilan boyitilgan holda o’tkazildi, dars davomida olingan bilimlar test sinovlari va topshiriqlarni bajarish orqali baholandi. Jamoa boshqaruv tizimlari bo’yicha xalqaro standartlarga muvofiq kelajakda rivojlanishga tayyor.