Inhadagi Yandex dasturlash maktabi bitiruvchilariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

28-iyul kuni Yandex Uzbekistan ofisida Inhadagi Yandex maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga sertifikat topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Bir necha oy davomida 14–17 yoshdagi maktab o‘quvchilari Python dasturlash tilining asoslarini o‘rganishdi, ta’lim jarayonida esa universitetimiz talabalari mentor sifatida ishtirok etishdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti Yandex ko‘magida amalga oshirilayotgan ushbu muhim ta’lim loyihasining hamkori bo‘lganidan faxrlanadi.

Barcha bitiruvchilarni tabriklaymiz va ularga IT sohasida keyingi ta’lim va kasbiy rivojlanishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!