IT markazida TshIU talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022-yil 20-yanvar kuni TShIU talabalari Shohruh Rustamov va Asadbek Mahmudov IT Center Yaypan filialiga tashrif buyurishdi va u yerdagi yoshlar bilan samimiy suhbat qurishdi. Suhbat davomida faoliyatini yangi boshlagan IT Center oʼhamda oʻquvchilariga AKT sohasi boʻyicha qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdishdi hamda bu sohada oliy ta’limning oʻrni haqida xulosalarni iqtibos keltirishdi. Bundan tashqari, markazdagi yoshlarga SPG (Student promotion group) a’zolari sifatida Toshkent shahridagi Inha universiteti haqida batafsil ma’lumot berib, u yerda yaratilgan sharoitlarni vizual tarzda namoyish etishdi. Tadbir soʻngida IT Center menejeri, tadbirni tashkillashga katta yordam koʻrsatgan Ibrohim Abdugʻafforov tomonidan ramziy ma’nodagi tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalarini topshirildi hamda TShIU va IT Park oʻrtasidagi azaliy hamkorliklar davomli boʻlishini ta’kidlandi.