#IT talabalari haqidagi stereotiplarni buzamiz!

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari serqirra shaxslardir! Ular orasida nafaqat ijodkorlar, balki o‘z biznes loyihalarini faol amalga oshirayotganlar ham bor.

Bizning bugungi qahramonlarimiz Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti 2-kurs talabalari Anvarov Ayubxon va Olimov Avazbek.

1. Sizni sevimli mashg’ulotingiz uchun yetarli bo’sh vaqtingiz bormi?
Universitetda bizga juda ko’p topshiriqlar berilishiga qaramay, o’z loyihalarimizni yaratishga vaqt topamiz.

2. O’z biznesingizni ochish g’oyasi qanday paydo bo’lgan?
AVR biznes loyihasini yaratish haqidagi g’oya bizga “Student Cup 2021” tanlovida qatnashganimizda keldi.

3. AVR Center loyihangiz haqida batafsil ma’lumot bering.
AVR Center – bu virtual haqiqat muhitiga sho’ng’ishi mumkin bo’lgan viar loyihadir.
//myurls.co/avr_centre

4. Qanday qilib o’z ustingizda ishlamoqchisiz va biznes loyihangizni rivojlantirmoqchisiz?
Hozirda ushbu loyiha uchun ishlab chiqilgan grafik tizimni yaxshilash uchun alohida protsessor ustida ishlayapmiz va yaqin kelajakda yana 5 ta filial ochishni rejalashtirmoqdamiz.