IUT STUDENT FESTIVAL WEEK 2026: TALABALARNI BIRLASHTIRGAN HAFTA

13–16-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Inha Universitetida IUT Student Festival Week 2026 — sport, ijod, yangi do‘stliklar va qiziqarli talabalar tadbirlariga boy hafta bo‘lib o‘tdi

Festivalning har bir kuni o‘ziga xos voqealarga boy bo‘ldi. Talabalar sport musobaqalarida ishtirok etib, futbolkalarni bezash bo‘yicha mahorat darslarida o‘z ijodkorliklarini namoyon etishdi va kino namoyidan zavq olishdi.

Clubs Fair doirasida ishtirokchilar universitet klublari bilan tanishib, yangi qiziqishlarini kashf etishdi. Palov Party talabalarni bir dasturxon atrofida birlashtirdi, mamlakatlar taqdimotlari esa universitet jamoasini turli xalqlarning madaniyati, urf-odatlari va milliy taomlari bilan tanishtirdi.

Festival haftasi Freshmen Party — birinchi bosqich talabalari uchun tashkil etilgan, musiqa, muloqot va yangi taassurotlarga boy bayram bilan yakunlandi

Ushbu haftani shunchalik mazmunli va unutilmas qilgan barcha talabalar, universitet klublari va tashkilotchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!