IUT xayriya tashkiloti

Har yili Toshkent shahridagi Inha universiteti ko‘magida IUT xayriya loyihasi doirasida mehribon ko‘ngilli talabalar xamjamiyati Mehribonlik uylariga tashrif tashkillashtiradi.
 
Shunday qilib, 10 aprel kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Avangard” imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun 124-chi sonli internat-maktabi bizning ko‘ngilli (xyort-layter) talabalarimizga o‘z eshiklarini ochdi.
 
Tadbirda barcha kurslar va yo‘nalishlarni bitiruvchilari va talabalari ishtirok etishdi, ularning har biri o‘z hissasini qo‘shdi.
 
Kun bolalarni turli hil pishiriqlar, shirinliklar va ichimliklar bilan mehmon qilishdan boshlandi. Bolalar mehmondorchilikdan zavqlangunicha, xyort-layterlar internatning sportzalini origami, rassomlik, bilakuzuklar to‘qish, shuningdek uchar varraklar yasash bo‘yicha master-klasslar uchun tayyorladilar.
 
Bolalar nafaqat master-klasslarga, balki parallel ravishda futbol, estafeta, shaxmat va raqs kabi sport mashg‘ulotlariga ham jalb qilindi.
 
Kechga qadar har bir xyort-layter bolalarga shirin sovg‘alar taqdim etdi va raqs oqshomi uyushtirildi.
 
Xayriya loyihasining internetdagi manzillari:
 
Instagram: @iut_charity
 
Telegram: t.me/iutcharity